Uyqusizlikning ruhiy salomatlikka ta’siri qanday?
Uyqusizlik (ba’zan insomnia deb ham ataladi) butun dunyoda keng tarqalgan muammodir. Hisob-kitoblarga qaraganda, insomnia dunyo aholisining 33 foiz qismiga ta’sir qiladi. Hattoki surunkali uyqusizlik bilan og’rimaydigan insonlar ham, ko’pincha, uyqu muammolari bilan kurashadilar. Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC)ga ko’ra, AQSH davlatining katta yoshdagi aholisining uchdan bir qismi tavsiya qilinadigan uyqu me’yoridan kamroq uxlashadi. Shu sababli, uyqusizlikning inson sog’lig’iga potensial ta’sirini, shu jumladan, ruhiy salomatlikka ta’sirini tushunish g’oyatda muhim.
Uyqu va ruhiy salomatlik o’rtasidagi bog’liqlik
Hech kimga sir emaski, uyqu jismoniy va ruhiy salomatlikni saqlashda muhim rol o’ynaydi. Uyqu miqdorining kamayishi qisqa muddatda asabiylik va charchoq hissiga sabab bo’lishi mumkin, uning uzluksiz davom etishi esa inson sog’lig’iga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Uyqusizlik salomatlikdagi bir qancha noxush oqibatlar bilan, shu jumladan, yurak xastaligi, 2-toifali diabet va depressiya bilan uzviy jihatdan bog’liq hisoblanadi.
Ba’zi psixiatrik holatlar uyqudagi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin va uyqu maromining buzulishi ko’plab ruhiy holatlar, jumladan depressiya, bezovtalik va bipolyar buzulish kasalliklari alomatlarini kuchaytirishi mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, uyqu va ruhiy salomatlik o’rtasidagi aloqalar murakkab tuzulishga ega. Uyqu uzoq vaqtlardan beri ko’plab psixiatrik kasalliklarning oqibati ekanligi ma’lum bo’lishiga qaramay, so’nggi izlanishlarga ko’ra, uyqu turli xil ruhiy kasalliklarning rivojlanishi va ularning davomiyligida yetakchi rol o’ynaydi.
Boshqacha qilib aytganda, uyqu muammolari ruhiy salomatlikning o’zgarishiga olib kelishi va ayni vaqtda, ruhiy salomatlik holati uyqu bilan bog’liq muammolarning murakkablashuviga sabab bo’lishi mumkin. Uyqusizlik ma’lum bir ruhiy buzulishlarga o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkin, ammo tadqiqotchilarga buning asosiy sabablari hali ham qorong’i. Sizning uyqu rejimingiz va ruhiy holatingiz o’rtasidagi bu aylanma sikl tufayli vaqti-vaqti bilan uyg’onish, uxlab qolishdagi muammolariga duch kelsangiz, shifokorga uchrashing
Stress
Tun bo’yi, u yoqdan bu yoqqa ag’darilib, kelasi kun mashaqqat bilan o’tgan bo’lsa, uyqu buzulishining bilan yaxshi tanishsiz. Kayfiyatning o’zgarishi bilan birga, o’ta asabiylik va jahldorlik kundalik hayotdagi kichik stresslarni yengishni qiyinlashtirishi mumkin. Kundalik yumushlardagi qiyinchiliklar, depressiyaning hamda yomon uyquning o’zi stress manbaiga aylanishi mumkin.
Depressiya
Insomnia yoki boshqa uyqu muammolari depressiya alomatlaridan biri bo’lishi mumkin, ammo so’nggi tadqiqotlar, aslida uyqusizlik depressiyani keltirib chiqarishi mumkinligiga ishora qilmoqda. 21 ta turli tadqiqotlar natijasiga ko’ra, uyqusizlikni boshdan kechirayotgan insonlar uxlashda muammosi mavjud bo’lmagan insonlarga nisbatan ikki barobar ko’proq klinik ruhiy tushkunlik(depressiya)ga tushish xavfi mavjud.
Insomniaga ertaroq murojaat etish depressiya xavfi ehtimolligini bartaraf etishda samarali ekanligini tadqiqotchilar taklif etayotgan bo’lsalar-da, bu ehtimollikning tadbiq etilishida ko’proq tadqiqotlar zarur.
Uyqusizlikni davolash, shubhasiz, psixologik salomatlikni yaxshilashga yordam beradigan muhim usul va ruhiy salomatlik muammolarini oldini olish yoki davolash uchun ham samarali vosita bo’lishi mumkin.
3 700 dan ortiq ishtirokchilarni kuzatgan tadqiqotda, tadqiqotchilar yomon uyquning ruhiy tushkunlik, bezovtalik va paranoyaning alomatlariga ta’sirini o’rganishdi. Ishtirokchilarning ba’zilariga Kognitiv-xatti-harakat psixoterapiyasi uyqusizlikni davolash usuli, boshqa ishtirokchilarga esa hech qanday davolash usuli qo’llanilmadi. Tadqiqotchilar Kognitiv-xatti-harakat psixoterapiyasini qabul qilgan ishtirokchilarning depressiya, bezovtalik, paronoya va bosinqirash darajasi sezilarli darajada susayganligini aniqladilar.
Bezovtalik
Boshqa ko’plab ruhiy jarayonlardagi kabi uyqu va bezovtalik o’rtasidagi bog’liqliklar har ikki tomonlama namoyon bo’ladi. Bezovtalanuvchi odamlar ko’proq uyqu me’yoridagi buzulishlarni boshdan kechirishadi. Biroq, ayni paytda, uyqusizlik bezovtalikka hissa qo’shishi, uyqu va bezovtalanish muammolarini doimiylashtiradigan tsiklga aylantirishi mumkin.
Bundan tashqari, uyqudagi muammolar anksiyete buzulishi rivojlanib borishida, xavf omili sifatida namoyon bo’ladi. Bir tadqiqotda, uyqu bilan bog’liq muammolar, 9 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlarda, anksiyete buzulishi bashoratchisi ekanligi aniqlandi. Uyqu muammolari, ayniqsa, bu muammolarning uzoq davom etishi va davosiz qoldirilishi anksiyetega ehtimollik darajasini oshiradi.
Surunkali uyqusizlikdan charchaganingizda, bezovtalikdan xalos bo’lish yanada qiyinlashadi. Shu sababli, yomon uyqu bezovtalikning alomatlarini yanada kuchaytirishi mumkin. Masalan, uyqusizlik, Post travmatik stress buzulishining (PTSD) oddiy alomati bo’lib, bu kasallik bilan og’riganlarning 80–90 %iga ta’sir qiladi. Shuningdek, uyqusizlik Post travmatik stress buzulishining rivojlanishi va saqlanib qolishida muhim rol o’ynaydi.
Shunga qaramasdan, hattoki sog’lom inson ham yomon uyquning oqibati natijasida o’z ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Tadqiqotlardan birida, uyquning keskin kamayishi sog’lom katta yoshdagi insonlarda bezovtalik va xafagarchilik darajasining oshishiga olib kelishi kuzatildi. Shunday qilib, agar siz, odatda, ko’p tashvishlanmasangiz ham yomon uyqu sizni asabiy va tushkun holatga solib qo’yishi mumkin.
Bipolyar buzulish
Uyqu me’yoridagi buzulish Bipolyar buzulishga chalingan insonlar orasida juda keng tarqalgan. Bunday muammolarga uyqusizlik, bevaqt uyg’onaverish va bosinqirash kiradi. Bipolyar buzulish kasalligi tushkunlik va ko’tarinki kayfiyatlarning o’zgaruvchan davrlari bilan tavsiflanadi.
Uyqudagi o’zgarishlar bu holatning alomati bo’lishi mumkin, Biroq, ayni paytda, uyqudagi muammolar uning rivojlanib borishi va shaxsning umumiy hayot sifatiga ta’sir etishi mumkin.
Uyqu miqdorining kamayishi maniya va gipomaniya alomatlariga olib kelishi mumkin. O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, normal uyqu/uyg’onish tsiklidagi o’zgarishlar 25%dan 65%gacha ishtirokchilarda manik epizoddan oldin boshlangan.
Agar sizda bipolyar buzulish bo’lsa, u holda uyqusizlik bilan bog’liq har qanday qiyinchiliklar haqida shifokor bilan suhbatlashishga ishonch hosil qiling.
Diqqat Yetishmovchiligi Giperaktivligi buzulishi (ADHD)
Diqqat yetishmovchilik Giperaktiv buzulishi (ADHD) 6 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan bolalarning 53 %iga ta’sir qiladi. Giperaktivlik sindromi uyqu muammolari bilan bog’liq. Izlanishlar uyqu maromidagi buzulishlar kasallik alomatlari bashoratchisi va hattoki kasallik alomatlariga hissa qo’shishi mumkinligini ko’rsatmoqda. Tadqiqotlarning natijalariga ko’ra, Giperaktivlik sindromi bilan kasallangan 25% va 55% oralig’idagi bolalar uyqu maromidagi buzulishni boshdan kechirishi aniqlangan.
Bolalardagi diqqat yetishmasligi va giperaktivlik uyqu bilan bog’liq bir qator muammolar bilan kechishi mumkin. Ular bevaqt uyg’onish, uyqu kelmasligi, uyqudan uyg’onish, uyquda nafas olish, va kunduzgi uyquchanlik bilan bog’liq muammolarni boshdan kechirishlari mumkin. Diqqat Yetishmovchiligi Giperaktivligi buzulishi muolajasi, ko’pincha, uyqudagi asosiy muammolarni hal etish maqsadida, kundalik uyqu namunalari va odatlarini baxolashdan boshlanadi.
Yordam olish
Yaxshi xabar shundaki, uyqu bilan bog’liq muammolar, odatda, o’zgaruvchan xavf omillari sifatida baxolanganligi bois, uyqu sifati va miqdorini oshirish usullari yuqorida sanab o’tilgan ruhiy kasallik alomatlarini yengillashtirishda yordam berishi mumkin.
Uyqu va ruhiy salomatlik o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar ba’zi va’dalarni berishi mumkin-tadqiqotchilar uyquni yaxshilash yo’llarini topish bir qancha ruhiy holatlar muolajasiga yordam berishiga umid bog’lashmoqda.
Yomon uyqu yoki uyqu me’yoridagi buzulishlarni davolash bo’yicha beriladigan tavsiyalar, odatda, psixiatrik holat mavjudmi yoki yoqmi, bir xil. Birlamchi yondashuv, odatda, uyquni yaxshilashga yordam beruvchi hayot tarziga qaratilgan; Uyquni qochiruvchilardan cheklanish (masalan, kofein, nikotin va spirtli ichimliklar) va yaxshi uyqu odatiga rivoya etish yordam berishi mumkin bo’lgan turmush tarzidagi o’zgarishlarga misoldir.
Amal qilishingiz mumkin bo’lgan ba’zi narsalar
Qisqa uyqulardan cheklaning.
Kun davomidagi juda ko’p uyqu tunda uxlab qolish va uyquni davom etirra olish qobilyatingizga ta’sir qilishi mumkin. Kuniga 20–30 daqiqali tanaffus uyqu tungi uyquga ta’sir etmagan holda, o’zingizni tetikroq his qilishingizga yordam beradi.
Tungi tartib o’rnating
Har tunda sizni uyquga tayyorlashga ko’maklashadigan odatlarga rioya eting. Issiq vanna qabul qilish, kitob o’qish va bir necha daqiqa meditatsiya bilan shug’ullanish tanadagi osoyishtalikni ta’minlashga yordam beradi. Bu kayfiyat davomiyligini mustahkamlash uchun o’zingiz o’rnatgan tartibni takrorlang.
Kofe va boshqa stimulyatorlardan uyqu oldidan voz keching.
Kofe, sodali ichimliklar va boshqa kofeinli mahsulotlarni tush paytida yoki kechqurun iste’mol qilish uyquga ketish jarayonini yanada qiyinlashtirishi mumkin.
Qurilmalaringizni o’chiring.
Uyquga yotishdan oldin televizor, telefon ishlatishni cheklashga harakat qilib ko’ring.
Yomon uyquning salbiy oqibatlari ruhiy va hissiy salomatligimizga ta’siri yaxshi hujjatlashtirilgan. Uyqusizlik muammolarini erta bosqichda hal etish esa, umumiy sog’ligimizni himoya qilishda ko’maklashadi.
Kanalga a’zo bo’lish: Psycho Blog