Sizning “Dunbar soningiz” nechchi?

Aziza Pulatova
3 min readMar 12, 2024

--

Image credit: Fylntrok

Psixologlarning fikricha, inson butun umri davomida 150 kishidan ortiq do’st orttira olmas ekan. Bunga “Dunbar soni” degan alohida nom ham berilgan ekan. Oksford Universititetining 76 yoshli o’qituvchisi Robin Ian MakDonald Dunbar esa har kim istagancha do’st orttira olishini, biroq ishonchli va qadrdon do’stlar chegarasini 150 kishidan oshirmaslikni ma’qullamoqda.

Jastin Teyler haqida hech eshitganmisiz? O’zi avstraliyalik bo’lgan bu insonning Facebook dagi “do’stlari” soni 5 mingta. 18-28 yosh oralig’idagi yoshlarning do’stlari 300 nafar, ulardan ham yosh foydalanuvchilarniki esa 200 nafardan oshmaydi. Teyler qanday qilib 5000 nafar insonni o’zining do’stlari ro’yhatiga qo’sha olgani juda qiziq.
Uning kasbi diskjokey. Hozirgi vaqtda diskjokey(yoki DJ) deyilganda, faqatgina tomoshabinlar uchun yozib olingan musiqani ijro etuvchi yoshlar nazarda tutilmaydi. U kechgi klubda menejer bo’lib ishlaydi. Bu sharafliroq kasb, shundaymasmi? O’zi esa Facebookda “do’stlashish bobida qirol”. Yana kimning ham buncha ko’p do’sti bo’lishi mumkin? Teyler shuncha “do’st” ni qanday eplarkan?

Uning akkountiga bir kunda minglab xabarlar kelib tushadi. Minglab insonlar postlariga “layk” bosgani, ulashgani haqida ogohlantiriladi. Justin Teyler 2009-yilga qadar bir oliygohda fizika fani o’qituvchisi bo’lib ishlagan. Aynan shu yilda Facebookka a’zo bo’lgan ekan(Facebook ijtimoiy tarmog’iga 2004-yilda asos solingan). Dastlabki oylarda, do’stlari 300 nafar bo’lgan. So’ng, kasbini o’zgartirgan va kechgi klubda ofitser lavozimida ishlay boshlagan. 17 yoshida kechki klubda turli tadbirlar uyushtirgan. Kirish biletlaridan tushgan har bir tushumdan 1200 dollar foyda qila boshlagan. Oradan 14 yil o’tar-o’tmas, uning nomi avval Avstraliyaga, so’ngra butun dunyoga yoyiladi.

Nazoratni qo’ldan boy berish

Kimda-kim sizning do’stlik taklifingizga rad javobi qaytarsa, u katta ehtimol bilan “Dunbar soni” haqida yaxshi biladi. Bunday insondan taxminan shunday javob olishingiz mumkin: “Do’stlarim shunaqasigayam juda ko’p. Ro’yhatimga ortiqcha ismlarni qo’shib, nazoratni qo’ldan chiqarishni xohlamayman.”

Bu yerda ikkita savol tug’ilishi mumkin: Birinchisi, bu chegara odamdan-odamga o’zgaradimi yoki bu son hammaga birday tegishlimi? Ikkinchisi esa, ijtimoiy tarmoqlardagi raqamli dunyo alg’ov-dalg’ov holga kelganda, chegaralarni majburlab munosabat qurish qanchalik to’g’ri?

150 raqami hikoyaning bir tomoni xolos. Bundan ham kichik raqam bor. Besh. Ha, hayotda eng sevgan insonlarimizning soni barmoq bilan sanarli.

15 (yaqin birodarlaringiz)

50 (do’stlaringiz)

150 (atrofingizdagi insonlar)

500 (ismidan taniy oladigan tanishlaringiz)

1500 (xotirangizda qolgan insonlar)

Antropolog Dunbar hisob-kitoblari natijasi aslida 148 sonini ko’rsatdi. Ammo, u bu raqamni 150 ga aylantirish fikriga keldi. Chunki, bu raqamni osongina eslab qolish mumkin. 150 kishidan oshmagan ishchilar jamoasi katta-katta korxonalarga nisbatan iqtisodga ko’proq foyda keltirishi tajribada ko’p bor aniqlangan. Rim imperiyasi jangchilari 150 kishidan iborat qo’shin holida jangga yuborilgani haqida ko’pchilik bilmasa kerak. Rim imperatorligida, hattoki, qishloq aholisining soni ham o’rtacha 150 kishidan iborat bo’lgan. Chunki, qishloqda yashaydiganlar tirik qolish uchun yerga ekin ekishi, chorva boqishi kerak edi. Bu ishlarni ular yakka holda emas, guruh bo’lib bajarishardi. Katta boshli aholi esa ishlarning chala qolishiga, taqsimlashda adolatsizliklar kelib chiqishiga sabab bo’lgan.

Aytgancha, Jastin Teyler ayni vaqtda qanday ish bilan band deysizmi? U hanuzgacha bilet sotadi…

--

--