Ishonch
Munosabatlardagi o’zaro ishonchni qanday mustahkamlash mumkin?
Psixolog Jon Gotman 40 yildan oshiqroq davr mobaynida oilalar mustahkamligiga zamin yaratuvchi omillarni o’rgangan. U mingdan ortiq oilaviy juftliklarni kuzatgan, ularning aksariyat qismi turli muammolarga oqilona yechim topa oladigan insonlar bo’lgan.
Jon Gotman oila mutaxassisi sifatida shunday deydi:
Oilalar barqarorligini o’rganayotganimga 40 yildan oshdi. Psixologik adabiyotlarni ko’zdan kechirish uchun foydalaniladigan PsychInfo ma’lumotlar bazasida ishonch mavzusiga oid 96 000 ta adabiyotni uchratish mumkin.
Buni qarangki, ijtimoiy psixologlar kishilarga: ‘O’zingizga umr yo’ldosh izlashda qaysi sifatga alohida e’tibor berasiz?’ degan savol bilan murojaat qilishganda, ular birinchi o’ringa munosabatlardagi ishonchni qo’yishgan. Bu insondagi xushbichimlik yoki yoqimtoylik sifatlari emas, balki boshqa bir insonga bo’lgan ishonch hissidir.”
Jon Gottman o’z tadqiqotlari davomida ishonchning oila mustahkamligi va jamiyat barqarorligi uchun nihoyatda muhim ekanligiga guvoh bo’ldi. 2011-yilda ‘Ijtimoiy kapital’ mavzusidagi tadqiqotlar doirasida sotsiologlar odamlarni ‘Sizningcha, odamlarga ishonish mumkinmi?’ degan savolga tutishdi. Braziliya mamlakatidan savolnomada qatnashganlarning atigi 2 foizi, Norvegiyada esa 65 foiz respondentlar boshqa insonlarga ishonishini aytishgan. Xo’sh, ishonch darajasi past bo’lgan mintaqalarning xususiyatlari qanday?
- Kam sonli fuqarolar ovoz berish saylovlarida qatnashadilar;
- Ota-onalar va maktablar yosh avlodning ta’limiga sustkash munosabatda;
- Ishonch past bo’lgan hududlarda xayriya qilish nisbatan kamroq kuzatiladi;
- Barcha turdagi jinoyatlar avj olgan;
- Insonning o’rtacha umr ko’rish yoshi o’rtachadan pastroq;
- Bolalarning bilim olish darajasi qoniqarli holatda emas;
- Ishonch darajasi past bo’lgan mamlakatlarda o’ta boylar va kambag’allar o’rtasidagi iqtisodiy tafovut ham tobora yiriklashib boradi. Agar bu farqda jiddiy o’zgarish yuz bersa, mamlakat iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutishi mumkin.
Ishonchni mustahkamlash
Lekin, ishonchni qanday mustahkamlash mumkin, degan savol tug’iladi. Ko’p yillik tadqiqotlardan shu xulosaga keldimki, ishonchni nihoyatda qisqa fursatlarda mustahkamlash mumkin. Bunday qisqa fursatlarni “Qiya eshik” badiiy filmiga qiyosan ‘qiya eshik’ fursati deb nomladim. Har qanday muloqot pallasida siz turmush o’rtog’ingizga yuzma-yuz bo’lishingiz yoki aksincha, yuz burishingiz mumkin.
Sizlarga o’z shaxsiy hayotimdan bir misol keltiraman. Bir kuni tunda sevimli romanimni o’qib tugatishga astoydil bel bog’ladim. Asardagi qotil kim ekanligiga ishonchim komil edi-kuya, ammo buni tezroq bilib olishga shoshildim. Tunda bir mahal qo’limdagi kitobni chetga surib, yuvinish xonasiga kirdim.
Ko’zgu qarshisidan o’tib ketayotganimda, uning aksida sochlarini ohista tarayotgan rafiqamning g’amnok yuzi ko’rindi. Ana shu pallada menda ‘qiya eshik’ fursati paydo bo’ldi.
Ana shunda menda ikki xil tanlov bor edi. Yuvinish xonasidan hech narsani bilmaganday chiqib ketib, bu kecha uning qayg’usiga sherik bo’lish niyatim yo’q, men roman o’qimoqchiman, degan qarorga kelsam ham bo’lardi.
Ammo, bu yo’lni tutmadim. Axir, men oilaviy munosabatlar bo’yicha o’ta sinchkov tadqiqotchiman. Yuvinish xonasiga qaytib kirishga qaror qildim. Uning qo’lidan taroqni olib, vaziyatni surishtirdim. U esa bor gapni aytib berdi.
Ana shu damda men o’rtamizdagi ishonchni mustahkamlayotgan edim; Men uning dardiga sherik bo’layotgan edim. Faqat o’z manfaatim haqida o’ylash o’rniga, unga quloq tutayotgan edim.
Bunday fursatni bir marta qo’ldan boy berish hech narsani hal qilmaydi, biroq, agar har safar turmush o’rtog’ingizga yuz burishni ma’qul ko’raversangiz, munosabatlaringizdagi ishonch asta-sekinlik bilan yemirilishni, chil-parchin bo’lishni boshlaydi.
Jon Gotmanning bitiruvchi talabalaridan biri Dan Yoshimoto ko’p yillik izlanishlari natijasida e’tibor er va xotinni bir umrga bog’lashini aniqladi. Dan Yoshimoto bu tushunchani yaxshiroq izohlash maqsadida uni E’TIBOR qisqartma so’zida ifodaladi:
- Turmush o’rtog’ingiz hissiyotlariga E’tiborli bo’ling;
- Uning hislarlari To’grisida qayg’uring;
- Ikki xil hayotiy qarashlarga sabrli bo’ling;
- Umr yo’ldoshingiz fikrlarini Bo’lmasdan tinglashga va uni ham tushunishga harakat qiling;
- Juftingizga so’zlaringiz bilan Ozor bermang;
- Rahmdil bo’ling.