Go’zallik va san’at nima?

Oscar Brenfierning shu nomli kitobidan

Aziza Pulatova
4 min readJan 9, 2024

Go’zallik xususida hamma ayni fikrdami?

  • Ha, chunki “go’zal” so’zi lug’atda hamma uchun birday izohlangan. Shunday-ku, lekin… Bir so’z hamma uchun bir xil ma’noni anglatadimi? Bu so’zni yozgan muallifdan ayricha fikrlay olmaymizmi? Lug’atdagi so’zlar hayotning mazmuni nimadan iboratligini aytib bera oladimi? Qalbimizda his qilgan go’zallikni so’zlarda ifodalab bera olamizmi?
  • Ha, chunki hammamiz insonmiz. Shunday-ku, lekin… Har kim ham go’zallikni his qila oladimi? O’rtoqlaringiz bilan didingiz bir xilmi? Didimiz bizning madaniyatimiz va ta’lim-tarbiyamizga bog’liq holda o’zgarmaydimi?
  • Yo’q, chunki men hech narsaga qiyoslab bo’lmaydigan mavhum san’at asarini go’zallik deb bilmayman. Shunday-ku, lekin… Sizga yoqmagan narsa chindan ham xunukmi? Biror san’at asari chiroyli bo’lishi uchun, u haqiqiy nushasi kabi bo’lishi shartmi? San’at asari nafis bo’lishi uchun, aslida u takrorlanmas va o’zgacha bo’lishi kerakmasmi? Umuman, jamiki san’at asarlari chiroyli bo’lishi shartmi?
  • Yo’q, chunki, odamlar o’rgimchakni har qancha jirkanch deyishmasin, men uchun ular yoqimtoy bo’lib qolaveradi. Shunday-ku, lekin go’zallik individual tushuncha emasmi? Biror yirtqich hayvonni go’zallikka qiyoslay olamizmi? Bir vaqtning o’zida hamma haq bo’lishi mumkinmi?
  • Ha, chunki biror tajribali inson biror narsaning go’zal ekanligini ta’kidlayotgan bo’lsa, qolganlar ham buni qabul qiladi. Shunday-ku, lekin… Ba’zi insonlar boshqalardan ko’ra didliroqmi? Yangi tug’ilgan chaqaloq go’zallik nimaligini anglay oladimi? Bizning didimiz boshqalar nima yoqtirishiga qarab o’zgaradimi? Hozirda shuhrat qozongan ijodkorlarga o’z davrida qanchadan-qancha tanqid toshlari otilmadimi?
  • Yo’q, chunki, oramizda go’zallikning qadriga yetmaydigan insonlar ham bor. Shunday-ku, lekin… Buning sababi ular go’zallikni his qila olmaganliklaridami? Inson hayotda go’zallikka ehtiyoj sezmaydimi? Go’zallik bizni qo’rqitishi mumkinmi?
Aytingchi, go'zallik o'zi nima?
Go'zallikmi? Bu mening sevikli yorim... Chunki, u har tomonlama mukammal.
Go'zallik, bu – tabiat. Chunki, u yoqimli, bepoyon va jonlidir.

Aslida nima go’zal ekanligini anglashga ikkilanyapsizmi?

  • Yo’q, chunki go’zallikni inson ongi bilan emas, aksincha qalbi bilan his qiladi.
  • Ha, shu orqali didim ortadi va ko’proq narsalarni qadrlashni o’rganaman.
  • Ha, agar ijodkor nima demoqchiligini anglasam, asarning jilvadorligi ham ortadi.
  • Yo’q, yo’q… chunki ko’p o’ylab yuborsam, hamma narsani tanqid qilishni boshlayman va hech qaysini yoqtirmay qo’yaman.

Ko’pchilik insonlarning fikricha, go’zallikni ko’rsa, eshitsa va his qilsa bo’ladi… va uni tushuntirib berish imkonsiz.

Go’zallik — qalbimizga suhbatdoshdir. Go’zallikni boricha anglash va sevish uchun, hech shubhasiz, avvalo qalbimiz ve aqlimiz o’rtasida suhbat qurishni o’rganishimiz kerak.

Har bir inson ijodkormi?

Ijodkor ijod jarayonida erkin fikrlay oladimi?

  • Yo’q, chunki ular ilhomsiz hech narsa yarata olishmaydi.
  • Yo’q, negaki ular o’zidan boshqa ijodkorlarning asarlaridan ham to’lqinlanishadi.
  • Ha, mustaqil fikrlay olishadi, chunki miyasida tug’ilgan har qanday fikrni hayotga ko’chirishi mumkin.
  • Yo’q, chunki ular pul topish uchun xaloyiqqa yoqadigan asarlarni yaratishga majbur.
  • Ha, chunki o’z xohishi bilan u yoki bu ishga qo’l uradi.

Ijodkor ko’ziga yaxshi ko’ringan narsalarni o’z-o’zidan yarata olmaydi. U ham yaratuvchanlik eshigini ochadigan yoki ochmaydigan o’zga bir qudrat sohibi, ilhom parisiga muhtoj.

Ijodkorning asarida boshqa ijodkor asarlarining ta’siri ham sezilib turadi, biroq u san’at qonun-qoidalariga bo’ysunishga va uning sir-asrorlarini o’rganishga majbur. Ro’zg’or tebratishni istagan ijodkor ko’pchilikning didi va zamona talabiga ergashishga majbur. Biroq, ayni vaqtda o’z uslubini yaratish va u orqali o’z qarashlarini ifodalash imkoniyati ijodkorning o’z qo’lida bo’ladi.

San'at hayotimizga go'zallik qo'shadi va bizni baxtiyor etadi.

San’atning nima keragi bor?

  • Hayot va dunyoga chuqur ma’no bag’ishlash, insonlarni birlashtirish va insoniy tuyg’ularni keng yoyish uchun kerak.
  • Insonlar o’zlaridan iz qoldirib, shu yo’l bilan o’limni yengadilar.
  • Real hayotdan uzoqlashib, o’zimizni chalg’itishga va mazmunli vaqt o’tkazishga hissa qo’shadi.
  • Hayotimiz go’zallik olib kirishga va o’zimizni baxtli his qilishimizga yordam beradi.

Sa’nat faqat zavq olish uchun kerakmi? Uning nima keragi bor?

Ijodkor dunyoga qalb ko’zi bilan qaraydi va ko’z bilan ko’rib, ilg’ab bo’lmaydigan go’zallikni o’z san’at asari orqali ko’rsatishga harakat qiladi. Biroq, haqiqat ba’zan achchiq bo’lishi ham mumkin. Shu bilan birga san’at konsert yoki teatr zallarida san’atga oshno qalblarni bir manzilga birlashtiradi. G’am-anduxlarimizni unutishga yordam beradi. Hayotni va hattoki, o’limni chiroyli shaklda ko’rsatib bera oladi. San’at insoniyatga hech qanday manfaat keltirmaydi, ammo inson usiz aslo yashay olmaydi.

--

--