Finlandiya ta’lim tizimi

Aziza Pulatova
2 min readApr 13, 2021

--

Finlandiya ta’lim tizimi ancha yillardan buyon dunyodagi eng yuqori reytinglardan o’rin olib kelmoqda. Dunyo miqyosida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etishlariga qaramay, finlyandiyalik maktab o‘quvchilari avstraliyalik o’quvchi tengdoshlari singari darslarga u qadar ko‘p vaqt ajratishmaydi.

Sinfxonada muayyan fan qanday o’qitilishi, darsda texnologiyadan qay darajada foydalanilishini o’qituvchining o’zi hal qiladi.

11 yoshli Mintu Latimarki maktabda o’quvchilar tomonidan yurgiziladigan tamaddixonada ishlash uchun darsdan chiqishga ruhsat so’raydi. Finlandiyada kitoblar va maktab ekskursiyalari kabi tushlik ham bepul. O’quvchilar yeguliklarni o’zlari tanlashadi va taomni o’qituvchilar bilan birga tanovvul qilishadi, so’ngra o’z idishlarini o’zlari yuvib qo’yishadi. Maktabdan so’ng, kimdir futbol o’yiniga borsa, boshqalar basketbol o’yiniga yo’l olishadi va yana kimdir muz xokkeyi maydoni ochilishini kutadi. Sovuq va yomg’irli kunlar ham inobatga olinib stol tennisi, bilyard stoli va hattoki xonaning bir chekkasida Pley steyshn ham bor.

Bu maktab boshqa maktablardan ko’ra boyroq, demak ko’proq pul olsa kerak deb o’ylaysizmi? Unday emas. Ota-onalardan to’lov olish yoki maktab byudjetini yaratish ta’qiqlangan. Barcha maktablar soliqlar hisobiga teng moliyalashtiriladi.

Finlandiya maktablarida imtixonlar muntazam ravishda o’tkaziladi, ammo uning natijalari chiqarilib e’lon qilinmaydi. Ta’lim tizimida na elita va na “bo‘shroq” maktablar mavjud. Sinov natijalaridan maktab o’z faoliyatini baxolashda foydalanadi.

Ehtimol, ta’lim tizimidagi eng katta farq o’qitishda muayyan standarddan foydalanishidir. Levi ismli o’quvchining matematika o’qituvchisi besh tilda gaplasha oladi va magistr bosqichini ta’momlagan. “Agar chindan ham o’qituvchi bo’lish istagida bo’lsangiz, u sizdagi ikkinchi yoki uchinchi tanlov bo’la olmaydi. U sizning yagona tanlovingiz bo’lishi kerak,” deydi o’qituvchi Ona Arnez.

Maktab direktori Vesa Ayres shunday deydi, “Insonlarga ishonch bildiradigan tizimni barpo etishga harakat qiling, degan bo’lardim,” Va ishonchning ilk investitsiyasi o’qituvchilarga kiritilmog’i zarur.”

--

--