Bo’sh oyna

Dr. Karyl McBridening shu nomli kitobidan

Aziza Pulatova
4 min readMar 1, 2024

“Ona, siz uchun hech qachon yetarlicha yaxshi farzand bo’la olmayman…yoki bu notog’rimi?” — kitob debochasi shunday boshlanadi.

Dr. Karyl McBride qalamiga mansub “Bo’sh oyna” asari narsissistik shaxs buzilishiga chalingan insonlar bilan munosabatda bo’ladigan, yaqin birodari narsist bo’lgan insonlar o’qishi tavsiya etiladigan kitobdir.

Onamiz bilan o’zaro munosabatlarimiz biz dunyoga kelishimiz bilan boshlanadi. Hayotining ilk nafasini olishimiz bilanoq, himoya va mehrga muhtojligimiz sabab unga bog’lanamiz. Uning qornida va tug’ruq stoli ustida biz bir butun insonga aylanamiz. Shu ayol, bizning volidamiz, aslida u kim bo’lishidan qat’iy nazar, bizni hayotga keltiradi. Tug’ilgan paytimizdan boshlab, u bilan bo’lgan aloqamiz butun umrga tatigulik psixologik bir yuk yaratadi.

Ushbu kitob bir necha yillik tadqiqotlar samarasi va ba’zi haqsizliklarni sezib tursa-da, ularni tushuna olmagan jajji qizaloqqa to’g’ri bir ruhiy yo’llanmadir.
Kitob muallifi bu haqida shunday deydi: “Boshdan kechirganlaringizda zarracha bo’lsa-da, onangizni ayblamoqchi emasman. Bu yo’lga g’azab, gina-adovat va alamzadaliklarni ortib yurish uchun emas, balki, o’zligimizni anglash uchun otlandik. Men jabrdiyda insonlar borligiga ishonmayman. Biz o’z hayotimiz va his-tuyg’ularimiz uchun faqat o’zimiz javobgarmiz.”

Narsissizm o’zi nima?

“Ruhiy buzilishlarga oid tashxis va statistik qo’llanma” (DSM) narsissizmni 9 belgi asosida ta’riflaydi.
Amerika Psixoanalitik Assotsiatsiyasi tomonidan qariyb 1,5 million amerikalik ayollarda narsissistik buzilish borligi aniqlangan. Bundan tashqari, klinik darajaga yetmagan narsissizm ham ko’p uchraydi, bu uning naqadar keng qamrovli muammo ekanligini ko’rsatadi. Aslida, har birimizda bunday illatlarning u yoki bunisi bo’lishi mumkin, spektrumning quyida qolganlar butkul sog’lom deb baholanadi. Spektrumda yuqoriga ko’tarilgan sari, muammolar ham shunga yarasha orta boshlaydi.

Narsistlar:

  1. O’zining qadr-qimmati yuqoriligiga shak-shubhasiz ishonishadi. Misol uchun, o’zining yutuqlari va qobiliyatlari haqida ko’pirtirib gapirishadi. Buyukligini boshqalar ham tan olishini kutadi. Oddiy misol. Ona faqat o’zi va o’zining boshidan o’tgan voqealar haqida tinimsiz vaysaydi. Qizini esa sira tinglamaydi.
  2. Ular cheksiz yutuqlar, hashamat, kuch-qudrat, go’zallik va ideal sevgi xayollarida suzib yurishadi. Oddiy misol. Uy bekasi bo’lgan ayol o’zining taniqli mijozlari ko’pligidan hademay o’zi ham mashxur bo’lib ketishiga ishonadi.
  3. O’zining yakka-yu yagonaligiga va noyob inson ekanligiga, uni faqat yuqori saviyali insonlargina tushuna olishiga va faqat shunday odamlar bilan munosabat qura olishiga ishonishadi. Oddiy misol. Ona o’z oilasidagilarni kechgi ovqatga restorantga olib boradi va u yerdagi ofitsiantlarga o’z quliday muomala qiladi.
  4. Odamlarni hayron qoldirishga o’zida muhtojlik his qiladi. Oddiy misol. Siz uchun qilgan har bir ishida sizdan iltifot, mulozamat va maqtov kutadi.
  5. U o’zini oliy martabaga loyiq deb hisoblaydi. Mantiqsiz umidlarga beriladi. Uning talablari zudlik bilan bajarilishini istaydi. Oddiy misol. O’zini navbatda turib kutishga teng ko’rmaydigan kimsa.
  6. Suiiste’mol qiladi va boshqalardan o’z manfaatlari yo’lida foydalanadi. Oddiy misol. O’z maqsadlariga erishishiga yordam beradigan odamlarni izlaydigan ayol/erkak.
  7. Atrofdagi insonlarga hamdardlik bildira olmaydi(empatiya qura olmaydi). Boshqalarning ehtiyojlarini tushunish va his-tuyg’ulariga sherik bo’lishni xohlamaydi. Misol. Qizi aytib berayotgan har bir hikoyaga aralashib, uni tuzatadigan ona.
  8. Boshqalarga hasad qiladi va odamlar unga hasad ko’zi bilan qarashiga ishonadi. Oddiy misol. Hech qachon dugonasi bo’lmagan onaning “ayollar menga hasad qilishadi” deyishi.
  9. O’zini hammadan yuqori his qiladi, ya’ni kibrga beriladi. Oddiy misol. Farzandiga kambag’al bolalar bilan o’ynashga ruhsat bermaydigan ona.
    Narsistlar empatiya va mehr ko’rsatishga ojiz insonlardir. Go’yoki, xayoliy bir hislar dunyosida yashayotgan insonlarga o’xshaydilar. Ular o’zlariga haddan tashqari bino qo’yadigan kishilardir.

Narsissizm, maternal narsissizm va narsissistik oila haqida kitobdan ayrim iqtiboslar:
Sidda Walker: Jamiyki hayot, butun insoniyat tarixi inson tanasida jonlanadi. Men meni ichida ko’tarib yurgan ayolni yaxshi taniyman”

– Rebecca Wells, Divine Secrets of the Ya-Ya Sisterhood

“O’ziga ishonishni, o’zini sevishni va o’z “meni” ni bilishni uddalaydigan ayol bularni o’z qiziga ham o’rgata oladi.”

“O’zim haqimda ko’p vaysab yubordim. Kel, endi senga o’taylik. Men haqimda sen qanday fikrdasan?”

– Bette Midler, Kumsalda filminde, CC Bloom rolünde.

"Narsissistik oila ko’pincha ichiga qurt tushgan qirmizi olmaga o’xshab ketadi. Toki, olmani tishlab yeyishni boshlaganda qurtni ko’rmaguningcha, tashqaridan bekam-u ko’st ko’rinadi. Olmaning qolgan qismi yeyishga yaroqli bo’lishi mumkin, lekin uni yeyishga ortiq ishtahang bo’lmaydi.”

– Stephanie Donaldson-Pressman ve Robert Pressman, The Narcissistic Family

"Peshonasining o’rtasiga kichik bir taram jingalak sochi tushib turadigan bir qiz bor edi. U qancha yaxshi qiz bo’lmasin, baribir tanbeh eshitardi.”
Dr. Elan Golomb, Trapped in Mirror

“Necha yillardir qayoqqa bormay hayotimga og’u soladigan qattiq tanbehlar meni tinchi qo’ymaydi. Nimani uddalamay, qancha harakat qilmay, bir yonda ular ham bu ishga mos emasligimni va hech qachon yaxshi bajara olmasligimni aytib turishardi.”

“Biz o’zimizni sevmas ekanmiz, o’zimizni boshqalarning mehr-muhabbatiga ham noloyiq ko’raveramiz.”

--

--