Muvaffaqiyatli insonlarning kunni qanday boshlash sirlari

Aziza Pulatova
3 min readDec 23, 2020

--

Muvaffaqiyat subyektiv hodisadir. Muvaffaqiyat ayrim insonlar nazarida, oila farovonligi bo’lsa, boshqalar unga muayyan miqdordagi daromadni qo’lga kiritish orqali erishadi. Muvaffaqiyatga qanday tasnif bermaylik, unga erishadigan insonlar muayyan o’xshash xislatlarga ega va ular ayniqsa kunning birinchi qismida yaqqol namoyon bo’ladi. Quyida ana shunday insonlarning kunni qanday boshlash sirlaridan voqif bo’lasiz.

1. Ular ijobiy ruhda qolishadi.

Fikrlarimiz qudratli kuchga ega. Albatta-da, bol bo’lsa, ari ham arimasligi hammamizga ayon, ammo muvaffaqiyatli insonlar ijobiy fikrlashdan misli ko’rilmagan darajadagi buyuklikka erishish vositasi sifatida foydalanishadi. Ayrim insonlar nazdida, g’alaba — ong tanlovi; Uddaburon insonlar yaxshi kayfiyatda tongni qarshi olibgina qolmay, unga navbatdagi zafarli kun sifatida qarashadi. Vaqtli uyg’onadigan insonlar boshqalardan bir qadam oldinda yurishadi, go’yoki ularning kuni 25 soatdan iborat.

2. Ular foydali va sog’lom yeguliklar iste’mol qilishadi.

Poyga mashinasi gazsiz qay ahvolda yurishini tasavvur qilib ko’ring-a? Yoqilg’i bo’lmasa, mashinadan hech qanday naf yo’q. Quvvatsiz, kun davomida ongingiz va tanangizga kuch beradigan ozuqa moddalarisiz qanday qilib muvaffaqiyatli bo’lishingiz mumkin? Uddaburon insonlar ishni chala qoldirishmaydi va o’z vaqtida nonushta qilishadi.

3. Ular muvaffaqiyatni rejalashtiradilar.

Ishning ko’zini bilgan insonlar muvaffaqiyatga yengil qarashadi, ammo ularning odatlari, kundalik majburiyatlari, rejalari kunning bir bo’lagi ekanligini unutib qo’yishmaydi. Uddaburon insonlar vaqt va imkoniyatdan unumli foydalanishadi. Kunning har bir daqiqasi rejaga solingan va maqsadli tashkil etilgan. Ularning ayrimlari tongda kunning qanday o’tishini vizualizatsiya qiladilar.

Muvaffaqiyatli inson bo’lish bilan birga ular barvaqt uyg’onishadi! Ularning muvaffaqiyat sirlarini bilmoqchimisiz?

Muvaffaqiyatli inson bo’lishlari bilan bir qatorda ular barvaqt uyg’onishadi! Ularning muvaffaqiyat sirlarini bilmoqchimisiz?

  1. Pozitivlik

Uyqudan vaqtli uyg’onadigan insonlar ijobiy ruhiyatda bo’lish, qatiyatlilik, muammolarni hal qilish, ijobiy fikrlash qobiliyatlariga egaligi bilan boshqalardan ajralib turishadi. Muammolarni hal qilish istagi, biz uxlayotganimizda, ularni o’rnidan dadil turishga undaydi. Vaqtli uyg’onib, o’zingiz uchun ana shu 25 soatni yarating

  1. Nonushta

Kunning eng muhim yeguligi, bu — ertalabki nonushta. Yaxshi nonushta qilmaslik natijasida tana kichik energiya hisobiga ishlaydi yoki umuman quvvatsiz qoladi. Olimpiya o’yinlari prezidenti yoki treneri bo’lganingizda nima qilishni istardingiz!

Sizga yutqizishingizni aytishga jurat eta oladigan yagona inson — sizsiz va bu so’zlarni tinglashga majbur emassiz. (Jessika Ernis Hill)

3. Rejalashtirish.

Bajariladigan ishlar ro’yhatini ko’zdan kechirish uchun eng yaxshi vaqt — ertalab. Oldingizda turgan kunni rejalashtiring. Maqsadingiz tomon qanchalik ilg’orlab boryapsiz? Kunning bu vaqtidan bugungi kunni vizualizatsiya qilish maqsadida foydalaning.

4. Mashq qilish

Kuningizni qizitib oling! Mashq qilish uchun eng qulay vaqt — ertalab. Ertalabki badantarbiya miyadagi endorfinlarni oshirib, kishida ijobiy kayfiyat uyg’otadi. Hattoki chap tomoningiz bilan turgan bo’lsangiz ham.

Ishga kirishishdan avval mashq qilish ijodiy fikrlashni o’stiradi, energiya va mahsuldorlikni oshiradi.

Qanday yurishni qoidalarga rioya qilib o’rganmaysiz. Siz avval yurib, so’ngra yiqilib yurishni o’rganasiz. (Richard Brenson)

5. Uyqu

Uyqu umumiy salomatlik uchun nihoyatda muhim sanaladi. Uyqu vaqtida ong va tana kundalik turmush tashvishlaridan o’z-o’zini forig’ qilish bilan birga u sizning qanchalik samarali o’rganishingiz, ishlashingiz, fikrlashingiz va munosabat bildirishingizga o’z ta’sirini o’tkazadi. Ruhiy va jismoniy salomatligingizni asrab-avaylashga ko’maklashish uchun yetarli miqdorda uxlab olishga ishonch hosil qiling. Baxtga qarshi, uyqu yetishmovchiligi surunkali kasalliklarning kelib chiqish xatarini oshiradi.

6. Tartibli bo’ling.

Barcha buyumlarning o’z joyi bo’lishi kerak. Bu zaruriyatmi yoki biror bir vazifaga xizmat qiladimi, yo bo’lmasa shunchaki ko’rinish uchunmi?

Ko’paytirib emas, kamaytirib boramiz. Nomuhimlarini bir chetga surib qo’ying. (Bryus Li)

7. Motivatsiya.

Tongni hammadan oldin qarshilash kurashning yarmi degani. U raqobatda o’zishingizga yoki hattoki imkoniyat doiralaringizni kengaytirishga motivatsiya bag’ishlaydi.

8. Sukunat

Uyqudan qancha ertaroq uyg’onsangiz, shuncha sokinlikda bo’lasiz. Bu esa diqqat va e’tibor jamligini talab etuvchi vazifalar uchun eng qulay vaqtdir.

Boshqa safarni yoki boshqa birovni kutib o’tiraversak, hech qanday o’zgarish yuz bermaydi. Biz kutayotgan inson, aslida, o’zimiz. Biz izlayotgan o’zgarishlar, aslida, o’zimiz. (Barak Obama)

Hayrli tong! 😊

Tarjimon: Aziza Pulatova

--

--

Aziza Pulatova
Aziza Pulatova

Written by Aziza Pulatova

Translation is an art, it can differ in quality.

No responses yet